HARAKATLI O‘YINLAR ORQALI 14-15 YOSHLI SUZUVCHLARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH
Аннотация
Maqolada 14-15 yoshli o‘smir suzuvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o‘yinlardan foydalanish ta’sirini o‘rganish natijalari yoritib beriladi. Tadqiqotda suzish bo‘yicha mashg’ulotlarga muntazam qatnashadigan 14-15 yoshli 20 nafar o‘smir o‘quvcilar ishtirok etdi. Sinovga qatnashuvchi bir xil tayyorgarlik darajasiga ega 10 nafar suzuvchi o‘smir o‘quvchilar ikki guruhga (tajribaviy (TG) va nazorat (NG))ga bo‘linishdi. Sinov ma’lumotlarini qayd etib borish Termiz bolalar va o‘smirlar sport maktabiga tegishli yopiq suv havzasidagi (basseyn) o‘quv va o‘quv - mashg’ulot guruhlarida olib borildi. Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy adabiyotlar tahlili amalga oshirildi, sinov testlari (nazorat testlari), pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, tadqiqot ma’lumotlarini matematik qayta ishlash uslublari qo‘llanildi.