ZAMONAVIY TARBIYA DARSIDA QO'LLANILADIGON INTERFAOL TEXNOLOGYALAR
Аннотация
Annotatsiya: Tarbiya dars jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o'qituvchidan ko'proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o'z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o'z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovasion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtirish va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Ushbu maqolada, zamonaviy tarbiya darsida qo'llaniladigon innovatsion texnologiyalar haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.