MAKTABGACHA TAʼLIMDA XORIJIY TILLARNI OʻQITISH METODIKASI
Аннотация
Bilamizki, hozirgi kunda zamon jadal rivojlanmoqda. Jahonbozoriga chiqishda ilm-fanda boʻladimi, sport sohasida boʻladimi yoxud umuman boshqa sohalardami chet tillari judayam zarur. Xorijiy til hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri. Siz biror yaxshiroq joyda ishga joylashmoqchi boʻlsayiz, hech boʻlmaganda bitta tilni bilishiz zarur. Bundan tashqari hozirgi kunda chet tillarni bilish yangi-yangi imkoniyatlarni ochib beryapti. Shuning uchun koʻpchilik xorijiy tillarga alohida urgʻu bergan. Xorijiy til faqatgina kattalar uchun kerakmi, degan savol tugʻiladi. Yoʻq, hozirgi kunda xorijiy til zamon talabi boʻlgani uchun kichkintoylarga chet tillari bogʻchadan boshlab oʻrgatilyapti. Va bu holat bolajonlarimizning keyinchalik qiynalmasdan oʻzlashtirib ketishiga sabab boʻlyapti. Zero, “Yoshlikdan olingan bilim- toshga oʻyilgan naqsh kabi”. Maktabgacha taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni qanday oʻqitish mumkin, bu boradagi texnologiyalar, usullar, oʻyinlar va metodlar yaratilganmi, shu kabi savollarga ushbu maqolamizda javob topishga harakat qilamiz.<br>