ALPOMISH" DOSTONI – MUMTOZ EPOS NAMUNASI SIFATIDA ("Alpomish" dostonining syujeti va o'ziga xos badiiy qirralari)
Аннотация
Har bir xalqning og‘zaki ijodi uning ko‘p asrlik tarixi, etnik xususiyatlari, dunyoqarashi, urf-odatlari, ijtimoiy-maishiy turmushini poetik ifodalovchi tarixiy-badiiy, estetik hodisadir. U o‘zbek xalqining asrlar bo‘yi umuminsoniy qadriyatlarga hissa qo‘shib kelgan milliy ma’naviyatining tarkibiy qismi hamdir. Bunda eng mo‘jaz maqoldan tortib, ulkan hajmlardagi dostonlarning ham o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. “Alpomish” dostonida qadimda ota-bobolarimiz amal qilgan urf-odatlar, udumlar, go‘zal til, jozibali nutq, betakror tasviriy ifodalar bilan yetkazib berilganki, bugungi yoshlarimizga uni singdirish, ularni bu udumlar bilan tanishtirish o‘zlikni anglashga undash bilan birga, xalq tili qudratini ham his etishga xizmat qiladi.