ACHCHIQ BODOM TURKUMI
ABI
Аннотация
<em>Achchiq bodom (Amygdalusbucharica) — raʼnodoshlar oilasiga mansub kichkina daraxt yoki buta. Balandligi 1,5 m ga yaqin. Barglari nashtarsimon yoki tuxumsimon, boʻyi 3 — 4, eni 1,5 — 2 sm, bir yillik novdalarida bittadan, eski novdalarida gʻuj-gʻuj joylashgan. Gullari ikki jinsli, och binafsha rangli, boʻyi 14-19, eni 8-11 mm. Bodomning poʻsti qalin tuk bilan qoplangan, boʻyi 20 — 38 mm. Magʻzi achchiq. Achchiq bodom mart — aprelda gullab, iyun — iyulda meva beradi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining dengiz sathidan 850 — 2500 m balandlikdagi adir va togʻlarida, tosh oralarida va sershagʻal tuproqlarda oʻsadi.</em>
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба