O'zbekiston temir yo'llariga qarashli vagonlarni ta'mirlash korxona va depolarida chet el tajribalari asosida vagonlarni ta'mirlash jarayonlarini avtomatlashtirish va takomillashtirish
Аннотация
O’zbekiston temir yo'llari vagonlarini ta'mirlash bo'limi mutaxassislari yuk vagonlarini ta'mirlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashni oshirish bo'yicha maqsadli ishlamoqda. Vagon xo'jaligining amaldagi korxonalarini ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, yangi ishlanmalarni joriy etish qo'l mehnatidan foydalanish miqdorini kamaytirish orqali vagon ta’mirlash korxonalarining moddiy texnik bazasini avtomatlashtirish, vagonlarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, yuk tashishni miqdoriy koeffitsientini oshirish kabi yirik va mahsuldor loyihalar ustida ishlanmoqda. Ishlab chiqarilgan har bir loyiha muhokamaga olinib, kerakli chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Kelajakdagi maqsad ham aynan shu soha takomillashuvi va ravnaqi ustida ishlashdir.