Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

NH4ZSM-5 SEOLITIDA VODOROD SULFID MOLEKULALARI ADSORBSIYASINING MIKROKALORIMETRIK TAHLILI

ABI

Аннотация

Vodorod sulfidi (H<sub>2</sub>S) zaharli gaz bo‘lib, inson salomatligi va sanoat texnik jihozlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pentatsil oilasiga mansub NH<sub>4</sub>ZSM-5 seoliti asosan katalizator sifatida foydalanilgan, ushbu tajriba orqali faqat katalizator emas balki adsorbent sifatida ham foydalanish mumkinligi isbotlandi. Bundan tashqari tabiiy gaz va biogaz tarkibidagi vodorod sulfidini (H<sub>2</sub>S) olib tashlash uchun samarali adsorbentlardan biri hisoblanadi. Seolitni qayta tiklash potensialini baholash ularni biogazni tozalash uchun adsorbsion jarayonlarda qo‘llashdan oldin e’tiborga olish kerak bo‘lgan muhim jihatidir. Buning uchun avvalombor bir necha bor regeneratsiya qilingan seolitning adsorbsiya miqdorlarini aniqlash bilan boradi. Adsorbsiya miqdorlarini hisoblab topishda eng qulay usullardan biri yuqori vakuumli adsorbsion qurilmada olingan natijalar hisoblanadi. Bunda adsorbsiya miqdoridan tashqari differensial issiqlik, izoterma, entropiya va termokinetikalarini ham aniqlash imkonini beradi. Bu usul yordamida sorbsion miqdorlariga qarab yutiladigan adsorbatning seolit strukturasiga ta’siri bo‘yicha ham nazariy ma’lumotlar olishning imkoni bor.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба