UMUMTA'LIM MAKTABILARIDA ARALASH TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Аннотация
<em>Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida texnologiyalar va eng samarali innovatsion usullarni qo‘llash, ta’lim jarayonida elektron ta’limning ahamiyati, aralash ta’lim tushunchasi xususida adabiyotlarda berilgan bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari, ta’riflari, yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan pandemiya, turli tabiiy ofatlar sharoitida aralash ta’limni joriy etishning afzalliklari, aralash ta’limning eng ko‘p qo‘llaniladigan modellarining tasnifi, qo‘llash usullari, o‘quv jarayonida qo‘llashning afzalliklari, kamchiliklari keltirib o‘tilgan. 2020-yilda butun dunyo bo‘ylab COVID-19 pandemiyasining keng tarqalishi va uning oqibatida aralash ta’lim modellaridan foydalanishga ehtiyoj yuqori darajaga ko‘tarildi. Hamma pedagoglar o‘quv mashg‘ulotlarida raqamli xizmatlardan foydalana boshladilar. Maqolada aralash ta’limning almashish modeli (Rotation), moslashuvchan model (Flex), (Self-blend ) va kengaytirilgan-virtual model (Enriched-Virtual) ta’lim jarayoniga tadbiq etish, shuningdek, bu modellarning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Maqolaning xulosa qismida aralash ta’limning mazmuni va aralash ta’lim jarayonini tashkil etishning pedagogik asoslari yoritib berildi.</em>