FERMENT PREPARATLARNI AJRATIB OLISH USULLARI.
Аннотация
Ushbu maqolada ferment va ferment preparatlari olish usullari haqida bir qancha manbalardan foydalanilgan holda ma’lumotlar keltirilgan. Fermentlar lotincha (<em>fermentum</em>)- achitqi, tirik hujayralar tomonidan sintez bo’ladigan oqsil tabiatli molekulalar bo’lib ular har bir hujayrada bir necha yuzlab va har xil vaziflarni bajaradi. Fermentlardan biologik katalizator sifatida odamlar turli xil sohadagi amaliy faoliyatlarida keng foydalanib kelishmoqda [1]. Fermentlarning biosintezi genetik kod tomonidan nazorat qilinadi. Hujayrada fermentlar faolligini boshqarishda hujayra tarkibiy qismini tashkil etuvchi strukturalar-mitoxondriyalar, mikrosomalar va boshqalar katta rol oʻynaydi. Fermentlarni ajratish va tozalashda hozirgi kunda adsorbsiya usulidan keng foydalanilib kelinmoqda