PATISSON ( Cucurbita pepo var. melopepo) O'SIMLIGINI EKISH TEXNOLOGIYASI VA PARVARISHLASH USULLARI
Аннотация
Qovoqdoshlar oilasi vakillarini poya tuzilishi bo’yicha 2 guruhga (tup hosil qiluvchi va palak otib o’suvchi guruhlarga) ajratish mumkin. Biz o’stirayotgan patisson o’simligi tup hosil qiluvchi guruhga kiradi. <strong>Patisson – qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlikdir. Meva eti sersuv. </strong>Patisson palagi tik o’suvchi, butasimon sershox o‘simlik hisoblanadi. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi va barg bandlari nisbatan yo‘g‘on. Barglari o‘rtacha kattalikda, dag‘al, 3 yoki 5 qirrali. Gullari yirik, rangi sariq rangda bo’lib, poyalarda yakka-yakka joylashadi. Mevasi — qovoqcha, mayda, shakli yulduzsimon va boshqa shakllarda bo’ladi. Yangi tukkan mevalari rangi och yashil, meva katta bo‘lgan sari rangi oqarib, ayrim mevalar yuzasida och yashil dog‘lar yoki tasmalar paydo bo‘lishi mumkin. Ularning 6-8 kunlik mevasi isteʼmol qilinadi.