UNUTILGAN DAVLAT – AL-ANDALUS
Аннотация
<em>Al-Andalus bu Ispaniyada asrlar davomida mavjud bo‘lgan musulmon davlatining nomi. Bu davlatga arablar asos solgan. Al-Andalus yevropaning eng ilgor davlati bo‘lgan. Bu yerda ilm fan rivoj topgan. Musulmon dunyosida yaratilgan asarlar manashu yer orqali Yevropaga tarqalgan. Al-Andalus davlati o‘zining qudratini cho‘qqisiga Abdurrahmon Nosir davrida erishgan. Uning davrida ilmiy uyg‘onish boshlangan edi. Yevropa hukmdorlari uning harbiy mahoratiga havas ila boqishar edi. Lekin Abdurrahmon Nosir vafotidan so‘ng al-Andalus davlatida tushkunlik davri boshlanadi. Bundan esa xristian dunyosi foydalanib qoladi. Mahalliy xristian hukmdorlari birlashib al-Andalus davlatiga qarshi kurash boshlaydilar. Bu kurash tarixda rekonkista</em><em><strong>[1]</strong></em><em> siyosati nomi bilan kiradi.</em> [1] Rekonkista- musulmonlar egallagan hududlarni xristianlashtirish va ulardan tortib olishga qaratilgan harbiy yurishlar nomi.