FRUSTRATSIYA HOLATINI O'RGANISH PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA
Аннотация
Mazkur maqolada inson ruhiyatida yaqqol namoyon bo‘ladigan psixik holatlardan biri frustratsiya holatining psixologik hamda fiziologik ko’rinishlari ifodalangan. Frustratsiya bu organizmning u yoki bu xayotiy extiyojini qondirish yo‘lida turgan yengib bo‘lmas qiyinchilik yoki to‘siqlarga duch kelishidir. Bu yerda frustratsiya organizmining tashqi muxitga moslashishida ro‘y beradigan xodisa sifatida qaralmoqda. Frustratsiya muammosini o‘rganuvchi tadqiqotchilar haqiqatda ham yengib o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq, qarshilik, to’siqlarni qiyinchilik sifatida qarab, ularni maqsadga erishish extiyojlari qondirishga ta’sir qiluvchi vaziyat deb baxolashadi. Frustratsiya shaxs maqsadga erishish yoki muammolarini xal etish yo‘lida paydo bo‘ladigan obyektiv jixatdan yengib bo‘lmaydigan (subyektiv jixatdan shunday idrok qilinadigan) qiyinchiliklar tomonidan vujudga keltiriladigan kechinma va xulq atvorga xos bo‘lgan xolatdir deb qaraladi. Psixik holat sifatida frustratsiya tushunchasini turli xil tadqiqotchilar o’ziga xos usulda tarif beradi. Shuning uchun mazkur maqolamizda turli tadqiqotchilarni frustratsiya holati borasida berilayotgan qarashlaridan ham ko’rishimiz mumkinki frustratsiya holatini o’rganish xozirgi zamonaviy psixologiyaning dolzarb muommolaridan biri sifatida o’rganilish kerakligini ko’rsatib bermoqda.