BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARINING KASBIY VA METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MAZMUNI
Аннотация
Jahonda zamon talablariga mos metodik tayyorgarlikka ega boʻlgan pedagogik kadrlarni tayyorlash, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish modellarini, metodik tizimi, multimediali elektron resurslar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda “taʼlim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish” ga zarurat borligi qayd etilmoqda. Bugungi kunning zamonaiy boshlangʻich sinf oʻqituvchisi – nafaqat sohasi boʻyicha bilimli, balki, birinchi oʻrinda tashabbuskor bo‘lishi lozim. Ayniqsa bugungi kun boshlangʻich sinf oʻqituvchisi kuchli nazariy bilimga ega, yangilikka intiluvchan, oʻz gʻoyalarini amaliyotga tadbiq eta oladigan, jahon tajribasiga qiziqadigan va yangi andozadagi oʻqitish tizimini taʼlimga olib kirishga qodir boʻlishi lozim. Bu vazifalarni bajarishda boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchining oladigan bilimlariga, auditoriya va mustaqil oʻzlashtirish faoliyatiga alohida eʼtibor berish kerak.