O'ZBEK XALQ TO'Y QO'SHIQLARIDAN "O'LAN" NING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Аннотация
Qo‘shiqlar xalq ma’naviyatining, ijodkorining buyuk qudratini, mehnatkash omma irodasining bukilmasligini ifodalaydi. Kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlikka, insonparvarlikka, do‘stlikka va vafodorlikka chorlaydi. Qo‘shiqlar qanday mavzu va mazmunda bo‘lmasin so‘z, ohang hamda ijro mukammalligida inson qalbiga singib boradi. Marosim qo‘shiqlari ham xalqimizning ko‘hna boyligi, u hamma davrlarda ham o‘zining tarbiyaviy ta’sirchan g‘oyalari bilan kishilarning ma’naviy jihatdan yuksak shaxs bo‘lib shakllanishida hissador bo‘lib kelgan. Nikoh to‘yi marosimi folklori janrlari rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada o‘zbek xalq to‘y marosim qo‘shiqlaridan “O‘lan”ning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy tahlil etilgan.