O'ZBEK TILIGA FRANSUZ TILIDAN O'ZLASHGAN SO'ZLAR XUSUSIDA
Аннотация
<strong>ANNOTATSIYÀ</strong> Bilamizki, o‘zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida turli xil elatlar bilan har tomonlama o‘zaro aloqada bo‘lgan. Ushbu aloqalar o‘zbek tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zaro ta’sir natijasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalardagi aloqalar sababli o‘zbek tilining so‘z boyligi oshishiga olib kelgan. Boshqa biror til, masalan rus, arab yoki fors tillarida o‘zbek tilidan o‘zlashgan so‘zlar o‘zining asl o‘zbekcha talaffuziga ega emas, balki o‘sha tillar talaffuz me’yorlariga moslashtirilgan. Masalan, o‘zbek tilidan <em>oqsoqol, qarovul, tog‘a </em>so‘zlari tojik tilida <em>oqsaqol, qarovul, tag‘o</em> yoki o‘zbek tilidan kirgan <em>tanga, qishloq, o‘rik</em> so‘zlari rus tilida <em>деньги</em><em>, </em><em>кишлак</em><em>, </em><em>урюк</em> deb talaffuz qilinadi. Ona tilimizda sovet davrida o‘rnatilgan ruscha talaffuz hukmronligidan qutulmasimizdan turib boshqa tillar, xususan, ingliz tili talaffuz me’yorlariga qaramlikka o‘tishga bo‘lgan urinish kuzatilmoqda. Tilimiz doimo rivojlanib borar ekan, lug‘atlar har yili jamiyatni dunyo bilan bog‘laydigan va madaniy-ma’naviy o‘zgarishidagi yangi atamalar, so‘zlar va iboralar bilan kengayib boradi. Xalqning lug‘at va so‘z boyligi uning hayotini aks ettiruvchi vositadir. Shuning uchun ham barcha tillardagi izohli lug‘atlar o‘z yo‘lida jamiyatning kuzatuvchilaridan biri bo‘lib kelmoqda. <strong>Kalit so‘zlar:</strong> Anons, adres, ansambl, albom, anketa, bagaj, replika, situatsiya, oqsoqol, qarovul, tog‘a, qishloq, o‘rik.