SANOAT OQOVA SUVLARINI TOZALASH UCHUN MAHALLIY XOM ASHYOLARDAN OLINGAN SORBENTLARNING MEXANIK MUSTAHKAMLIGINI ANIQLASH
Аннотация
<em>Dunyoda toza suvning dolzarbligi, ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo‘jalik yer maydonlarining kengayib borishi va aholi sonining jadal o‘sib borishi natijasida suvga bo‘lgan talab ortib bormoqda.</em><em> Sanoatda suvni xomashyo va energiya manbai sifatida, sovitguvch yoki isituvchi, erituvchi va ekstragent sifatida ishlatib, oqova suvlarni tozalash inshoatlarida muayyan tozalanib, ularni yana suv xavzalariga oqiziladi. Shuning uchun, suvni muxofaza qilishda iflos suvlarni tozalashdagi muxandislik ishlarini yanada takomillashtirish muhim hisoblanadi. </em><em>Ishlab chiqarish korxonalarining barcha tsexlarida suv asosiy manbalaridan o‘rin olgan. Yuqoridagi soxalarda xar xil jarayonlarda ishlatish uchun yaroqsiz oqova suvlarni tozalab, ishlab chiqarish soxalariga qaytarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilib bo‘lgan oqova suvlarini oqar suvlarga oqizishi natijasida oqar suvlarning ifloslanishi nafaqat oqar suvlarni, atrof muhitni, hamda gidrosferani ham ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.</em>