KICHIK GURUHLARGA ZIDDIYATLI HOLATLARDA PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Аннотация
Ushbu maqolada kichik guruhlarga ziddiyatli holatlarda psixologik yordam ko'rsatishningt ilmiy-nazariy asoslari hamda unga ta'sir qiluvchi omillarning o'rni va ahamiyati ochib berilgan. Respublika taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar ilmiy dunyoqarashi va ma'naviy barkamolligini oshirish, har bir yosh uchun iqtidor va salohiyatini rivojlantirishga imkoniyat yaratish, ta'lim muassasalarida psixologik xizmat ko'rsatish mexanizmlarini mukammallashtirishga oid ko'rsatmalar va amaliy ishlar tashkil etilmoqda. Shu nuqtai nazardan ta'lim tizimida kichik guruhlarda guruhiy faollik imkoniyatlarini chuqur ilmiy tahlil qilish, har bir o'quvchi shaxsi taraqqiyotini ta'minlashga qaratilgan ijobiy xulq-atvor motivatsiyasi darajalarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.