Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

FARG‘ONA VODIYSI AN’ANAVIY DEHQONCHILIGI VA CHORVACHILIGIDA OSMON YORITQICHLARI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT HAMDA MAROSIMLARI

ABI

Аннотация

Turk xalqlarindan biri bo‘lgan O’zbek Turklarining qadimiy tarixi bor. O‘zbeklarning asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan ko‘plab urf-odat va marosimlari bo ‘lib bu xalqimizning tom manoda ma‘naviy mulki hamda tafakkuri mahsulidir. Ushbu maqolada, O‘zbek xalqining dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq urf-odatlari marosimlari keng manba va adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan tahlil qilingan holda yoritib berildi. Qiyosiy tahlil usuli orqali ushbu urf-odat va marosimlarning O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan lokal jihatlari ochib berilgan. Maqola-da, Farg‘ona vodiysi O‘zbeklarining an’anaviy dehqonchiligida asrlar davomida osmon va sayyoralar harakati bilan bog‘liq e’tiqodlar alohida o‘rin tutganligi, vodiy dehqonlarining yil fasllarining o‘rin almashishi muddatlari hamda samoviy yoritqichlar harakatini kuzatishga asoslangan hayotiy tajribalar kundalik hayotda muhim amaliy ahamiyat kasb etganligi yoritilgan. Malumki bobodehqon va chor-vadorlarimiz yulduzlar harakati, quyosh va oyning holatiga qarab ob-havo qanday bo‘lishini aniqlay olishgan.Ota bobolarimiz tabiatda tevarak-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar sababini ilohiy kuchlar va ins-jinslarga bog‘lab tushuntirishgan. Osmon jismlarini ma’bud va ilohlarning timsoli deb qaraganlar. Bu ilohlarning har biri o‘z xarakteri va odamlarga munosabati jihatidan farqlangan bo‘lib, ezgulik va yomonlik istovchi ilohlar bo‘lib tasavvur qilingan. Biz maqolada dehqon va chorvadorlarning osmon yoritqichlari bilan bog‘liq holda turli “solnoma” va “haftanoma”lar tuzganligi va ularda dehqonchilik qilish uchun oy sanalarining yaxshi va yomon kunlarga ajratilganligi xususida ham ma’lumot beri-ladi. Farg’ona vodiysi chorvadorlarining turmush tarzi haqida ham bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tilgan. Jumladan, chorvadorlar hayotida muhim o‘rin tutgan “darimchi”lik faoliyati xususida avvallari fanda deyarli yoritilmagan ma’lumotlarni keltiradi. Bu ma’lumotlar esa Turkiy xalqlarning jumladan Farg‘ona vodiysi aholisining asrlar davomida shakllangan tafakkuri va dunyoqarashining mahsuli bo‘lib, ularni o‘rganish esa bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biridir.

Мавзулар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба