Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

GLAUKOMA BILAN OG’RIGAN BEMORLARNI DA’VOLASH SAMARADORLIGINI HAYOT SIFATI KO’RSATKICHLARI YORDAMIDA BAHOLASH

Advanced Ophthalmologyjournal2024tr
ABI

Аннотация

Dolzarbligi. Hayot sifati, boshqa ko’rsatkichlar bilan bir qatorda, shu jumladan glaukoma bilan og’rigan bemorlarda davolash samaradorligini har tomonlama tavsiflash uchun qo’llanilishi mumkin. Tadqiqot maqsadi konservativ davolanishdan keyin gla ukoma bilan og’rigan bemorlarning hayot sifatini o’rganish edi. Materiallar va usullar. Glaukoma bilan og’rigan 40 nafar bemorda 6 oylik antiglaukomatoz terapiyadan oldin va keyin hayot sifatini o’rganish Milliy Ko’z Institutining Vizual Funktsiya Anketasi (NEI VFQ-25) so’rovnomasidan foydalanilgan holda o’tkazildi. Ma’lumotlarni qayta ishlash «Statistica 6.0» dasturidan foydalangan holda amalga oshirildi. Natijalar va hulosa. Davolanishdan oldin hayot sifatining barcha ko’rsatkichlarining sezilarli darajada past edi. Glaukoma bilan og’rigan bemorlarda 6 oylik konservativ terapiyadan so’ng hayot sifatining barcha ko’rsatkichlari sezilarli darajada oshdi. Yaqindan ko’rish ko’rsatkichlari imkon qadar ko’paydi. Davolanishdan keyin masofadan ko’rish, umumiy salomatlik, boshqalar yordamiga muhtojlikning kamayishi, harakat bilan bog’liq muammolar, ko’zda og’riq kabi ko’rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilandi. Hayot sifati ko’rsatkichlari glaukoma bilan og’rigan bemorlarni davolash samaradorligini baholashda muhim mezon hisoblanadi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар