O‘TKIR YORG‘OQ SINDROMIDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUV NATIJALARI VA AFZALLIKLARI
Аннотация
Annotatsiya 
 Bolalarda moyakning o‘tkir yallig‘lanish xolatlarida noinvaziv diagnostika usullarini optimallashtirish maqsad qilingan. Klinik material: o‘tkir yorg‘oq sindromi bilan davolangan 1 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar davolanish natijalari o‘rganildi. Ulardan 124 (61,4%) nafar moyak gidatidi (ortig‘i) ning buralib qolishi, 57 (28,2%) nafar moyakning buralib qolishi, 21 (10,0%) nafar moyak va uning elementlarini yalliqlanishi bo‘lgan bemorlar tashkil qildi. Tadqiqot usuli: o‘tkir yorg‘oq sindromi bilan murojaat qilgan bemorlar UTT xulosalaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasi: gidatidning asoratsiz buralib qolishi bo‘lgan 41% bemorlar UTT xulosasida moyak xaltasi a’zolaridagi minimal o‘zgarishlar, moyak buralib qolishi bo‘lgan 56,1% bemorlarda moyakning shaxsiy vaginal po‘stida, moyak xaltasi qismida urug‘ tizimchasi tuzilmalarida buzilish aniqlandi. Xulosa: moyak buralib qolishida ichki a’zolarda qon oqimining 2–4 karra ortishi, moyak o‘lchamlarining kattalashishi, tarkibining bir xil emasligi UTT me’zonlari ekanligi, gidatid buralib qolishida esa qon oqimining me’yordan 10% gacha ortishi, moyak ortig‘ining sezilarli darajada (>20%) kattalashishi ekanligi, qon oqimining o‘rtacha ortishi bilan (10% gacha) moyak ortig‘ining o‘rtacha kattalashishi o‘tkir epididimitning, qon oqimining me’yordan 10% gacha tezlashishi bilan birgalikda moyak o‘lchamining kattalashishi esa o‘tkir orxitning UTT mezonlari xisoblanadi.