YALLIG‘LANISHGA QARSHI DORI VOSITALARI POLIPRAGMAZIYASIDA JIGAR PARENXIMASINING MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARINI O‘RGANISH
Аннотация
Maqsad. Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmazisida oq kalamushlarning jigari tuzilishidagi morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish.
 Material va Metodlar: Tadqiqot 210 dan 320 g gacha bo‘lgan og‘irlikdagi 50 ta erkak oq kalamushlarda o‘tkazildi, ular standart dietaga muofiq, suvga iste'moli erkin va normal yoritish rejimiga ega vivariumda saqlandi. Hayvonlar 3 guruhga bo‘lindi.
 Natijalar: 3-guruhdagi kalamushlarning morfometrik parametrlarini 2-guruhdagi kalamushlar ko‘rsatgichlari bilan solishtirganda sezilarli pasayish aniqlandi. Jigar hujayralari maydoni 5,14%, 5,05%, 3,19% va 3,02% ga, markaziy vena diametri 8,13%, 6,11%, 4,08% va 3,42% ga kamaydi, o‘t yo‘llari bo‘shlig‘i diametri 6,33%, 5,09%, 3,12% va 3,08% ga kamaydi, arteriya qon tomirlari diametri 7,12%, 5,07%, 5,03% va 4,48% ga kamaydi, distal jigar o‘t yo‘llari bo‘shlig‘i diametri 4,47%, 4,04%, 3,07% va 2,31% ga kamaydi.
 Xulosa. Yallig‘lanishga qarshi dori vositalarining polipragmaziyasi jigarga salbiy ta'siri mavjud, bunda o‘t chiqarishga zararli ta'sirini ko‘rsatadi, o‘t chiqarishni kamaytiradi va organizm uchun yetarli darajada xavf tug‘diradi.