Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SUN’IY INTELLEKT ORQALI XORIJIY TIL O‘RGANUVCHILARINING FAOLLIGINI OSHIRISH VA TA’LIM JARAYONIGA JALB QILISH

Malika KASIMOVATashkent State Pedagogical University Military-Academic Lyceum “Temurbeklar Maktabi” SSS
ABI

Аннотация

Zamonaviy o‘qitish va o‘rganish jarayonida ta’lim sifatini oshirish, ayniqsa, xorijiy tillarni o‘rganish sohasida sun’iy intellektdan (SI) foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellektdan foydalanish chet tili o‘rganuvchilarining motivatsiyasi va qiziqishdarajasini oshirish usullari muhokama qilingan. Xorijiy tillarni samarali o‘rganishning asosiy tamoyillaridan biri — o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligini hamda ichki va tashqi motivatsiyaning uyg‘unligini saqlab qolishdir. Maqolada sun’iy intellekt yordamida xorijiy tillarni o‘rganish dasturlari, ayniqsa kompyuterlar va smartfonlar orqali mavjud bo‘lgan imkoniyatlar ta’kidlangan turli tadqiqotlar tanqidiy tahlil qilingan. Sun’iy intellekt vositalarini o‘quvchilarning turli o‘rganish ehtiyojlariga moslashtirish orqali xorijiy tilni yanada idvidual va qiziqarli o‘rganish metodlari tavsiya qilinib, xorijiy tilni o‘rganishda motivatsiyaning asosiy psixologik va pedagogik tamoyillari, xususan, ingliz tilini o‘rganish misoli sifatida ta’kidlangan. Bundan tashqari, o‘qituvchilar va talabalar uchun til ta’limida SI vositalaridan qanday qilib optimal foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu tavsiyalar texnologiya va til o‘rgatishning an’anaviy usullari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish, xorijiy til o‘rganishda yanada kengroq va samarali yondashuvni taklif qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар