Jinoiy ravishda homila tushirish (abort) jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili
Аннотация
Mazkur maqolada jinoiy ravishda homila tushirish (abort) jinoyati tushunchasi va o‘ziga xos belgilari, jinoiy ravishda homila tushirish (abort) jinoyatining yuridik tahlili bayon qilingan. Shuningdek homilador ayollarni reproduktiv salomatligi va huquqlarini turli tajovuzlardan himoya qilish masalasi bo‘yicha milliy qonunlar va qonun osti hujjatlar hamda bir qancha deklaratsiyalar ilmiy tahlil asosida yoritilgan. Bundan tashqari, jinoiy ravishda homila tushirish (abort)da tibbiy muassasadan tashqari joyda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish, sun’iy ravishda homilani tushirish tibbiy nuqtai nazardan mumkin bo‘lgan hollar huquqshunos olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar ilmiy, qiyosiy tahlillar asosida o‘rganilgan.