ORGANIZMNING IMMUNOLOGIK KO’RSATKICHLARIGA TA’SIR QILUVCHI PROBIOTIK QO’SHIMCHALAR ISHLAB CHIQISHNING NAZARIY ASOSLARI
Аннотация
v Bolaning urbanizatsiyalashgan yashash sharoitida mikroorganizmlar bilan aloqalasi kamayishi immun tolerantlikning shakllanishidagi noqisliklarga va allergik va autoimmun kasalliklar soni ortishiga olib keladi. Probiotiklar allergik kasalliklar, xususan, bolalar ekzemasining kechishiga va bronxial astma symptomlarining kamayishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Probiotiklardan foydalanish fiziologik bo`lib, ular immun tizimining funktsional yetilishini stimulyatsiyalash ta’siriga ega. Maqolada probiotiklar tug'ma va orttirilgan immunitet reaktsiyasini rag'batlantirishi, sekretor va tizimli IgA sekretsiyasini qo'zg'atishi, T hujayralari javoblarini o'zgartirish orqali fagotsitozni rag'batlantirishi, Th1 javoblarini kuchaytirish va Th2 javoblarini susaytirish orqali Th1 va Th2 faolligining gomeostazini saqlab turishini ko'rsatadigan ko'plab tadqiqotlar tahlili amalga oshirilgan.