Takroriy ekin ekiladigan hududlarda gidrogeologiya muammolarini hal qilishda tizimli yondashuv (Qashqadaryo viloyati misolida)
Аннотация
Tadqiqot ishida takroriy ekin ekiladigan hududlarda sug'orish natijasida yer osti suvlarining sathini o’zgarishini tadqiq qilishda matematik modellashtirishni qo’llash uchun ob’ektni murakkab tizim sifatida tasvirlash masalasi yoritilgan. Sug’oriladigan hududlar yer osti suvlari optimal holati bo‘yicha nazariy, texnologik, uslubiy va dasturiy ishlanmalarning ishonchliligi va aniqligi uchun sinovdan o‘tkazish, gidrogeologik tizimlarda gidrogeologik va muhandislik-geologik masalalarni turli amaliy usullar asosida yechishning matematik va simulyatsiya modellarini yaratish, o'z navbatida geofiltratsiya jarayonlarini tabiiy geologik va gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda matematik modellashtirish va texnogen sharoitlarni hisobga olgan holda aniq muammolarni shakllantirish va hal qilishga e’tibor qaratilgan.