XX ASR INGLIZ VA O‘ZBEK ADABIYOTIDA YARATILGAN SATIRIK ASARLAR TADQIQI
Аннотация
XX asr ingliz yozuvchilari satira janrini turlicha talqin qilishdi, baʼzi birlari unga nazmning maʼlum bir turi deb, boshqalar esa satirik qobiliyat bilan yozilgan sheʼr deb taʼrif berishdi. Baʼzi yozuvchilar esa satira adabiyotning rasmiy janri bo‘lib, u nasriy asarda ham, nazmda ham bir xil xususiyatni namoyon etishini taʼkidlashdi. Ingliz va o‘zbek satirachiligi o‘zining tadrijiy taraqqiyotida turli o‘zgarishlarga yuz tutdi. Adabiy tur va janrlar bag‘riga singib ketishi natijasida o‘zining maxsus janriy xususiyatini yo‘qotdi. Ingliz va o‘zbek satiralari soha olimlari tomonidan badiiyat qonuniyatlari asosida quyidagicha izohlangan: amerikalik tanqidchi Devid Vorkester o‘zining “Satira sanʼati” kitobida satiraning asosiy xususiyati sifatida hajviy tasvir va istehzoning birlamchiligini taʼkidlab o‘tdi.