MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIDA YASHIL MOLIYANING AHAMIYATI
Аннотация
Mazkur maqolada mamlakat iqtisodiy rivojlanishida yashil moliyaning o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Yashil moliya iqtisodiyotning ekologik barqarorlik tamoyillari asosida rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy tizim hisoblanadi. Maqolada yashil moliyaning asosiy vositalari – qayta tiklanuvchi energiya manbalarini moliyalashtirish, yashil obligatsiyalarni joriy etish va ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi tahlil qilinib, yashil moliya orqali barqaror iqtisodiy rivojlanish va ekologik muvozanatni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot yashil moliyaning milliy iqtisodiyotda qo‘llanilishini kengaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslarni taqdim etadi.