MONETAR SIYOSAT INSTRUMENTLARI ORQALI TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI TARTIBGA SOLISH YO‘LLARI
Аннотация
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va likvidlik boshqaruvini takomillashtirish har qanday davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishidir. Bu jarayonda Markaziy bank monetar siyosat instrumentlari orqali tijorat banklari likvidligini tartibga soladi. Maqolada monetar siyosat instrumentlarining samaradorligi va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston bank tizimini modernizatsiya qilish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda monetar siyosatni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari foiz stavkalari, majburiy zaxiralar va ochiq bozor operatsiyalarining tijorat banklari likvidliligiga ta’sirini o‘rganish bilan birga, ilg‘or xalqaro tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish imkoniyatlarini baholaydi. Markaziy bankning samarali monetar siyosati inflyatsiyani nazorat qilish, valyuta kursini barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.