TIL O‘QITISH JARAYONIDA UDL PRINSIPLARINI QO’LLASH ORQALI TALABALARNING TIL KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Аннотация
Barchamizga ayonki, til ko’nikmalarini egallashda har bir o’quvchining o’z strategiya va tamoyillari mavjud. Ba’zi talabalar til o’rganishda turli podkastlar va audio materiallardan foydalanishni qulay deb topishsa, boshqalar yangi tillarni o’rganish uchun darsliklar va o’qitishga oid turli kitoblardan foydalanishni afzal ko’radilar. Ushbu maqola UDL metodining ahamiyati hamda uning o’qituvchilar va talabalar uchun afzalliklari haqida ma’lumot beradi. Ushbu maqolada talabalarning til ko’nikmalarini oshirish uchun ushbu usulnidars davomida qo’llash usullari batafsil yoritilgan. Bugungi zamonaviy davrda, texnologiyaning taraqqiy etib borayotganligi tufayli darslarni tashkillashtirish qulaylashib bormoqda. Shu sababli, bu maqola UDL metodining ahamiyati va talabalarning til ko’nikmalarini yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan ushbu metodning tamoyillarini atroflicha o’rganadi
Ҳали таржима қилинмаган