Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

FRAZEOLOGIK IBORALAR TARJIMASINING BA’ZI MASALALARI

Elyor MUSTAFAYEVToshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Аннотация

Bugungi globallashuv davrida tillar oʻrtasida aloqalar rivojlanmoqda. Natijada tilning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq etish va ularni rivojlantirish ustuvor vazifaga aylandi. Jumladan, nutqni ta’sirchan va jozibador qiladigan iboralar (frazeologik birliklar) muhim kasb eta boshladi. Biroq, frazeologik iboralarni o‘zbek va ingliz tillariga tarjima qilishda madaniyatlar xilma-xilligi va tillar oʻrtasidagi farqlar o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Frazeologik iboralarning oʻrganilishi va klassifikatsiyasi masalalaribilan bir qatorda ularning tarjimasi ham tarjima nazariyasi va amaliyotining, umumiy ma’noda bugungi zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ushbu maqolada frazeologik iboralarning tarjimasidagi muammolar va ularning yechimlari keng tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjima amaliyotidagi turli xil tarjima usullari qiyoslanadi va ular misollar bilan asoslantiriladi. Muallif nafaqat oʻzbek, balki ingliz tilida iboralarning tarjima masalalarini solishtirish orqali tarjimaning nozik jihatlariga urgʻu beradi

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба