Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

INGLIZ VA O‘ZBEK NASRIDA “O‘GAY ONA” OBRAZINING BADIIY TASVIRI

ABI

Аннотация

Maqolada haqiqiy o‘zbek ayolining tasviri va ingliz adabiyotida tasvirlanadigan ona timsoli haqida izlanish olib borildi. Bugungi rivojlanayotgan davrda xalqimizning har bir sohada aholi savodxonligini oshirish zamonamizning eng muhim talablaridan biridir. Shuningdek, ushbu ilmiy maqolada o‘gay ona obrazining tarixiy va adabiy kontekstdagi rivojlanishi, o‘zbek va ingliz adabiyotida ushbu obrazning qabul qilinishi va evolyutsiyasi tahlil qilinadi; o‘gay ona obrazining o‘quvchilarga qanday tarbiyaviy va ijtimoiy ma’nolarni yetkazishi, uning ma'naviy xususiyatlari va jamiyatdagi o‘rnini ochib beriladi; bu obraz orqali adiblar qanday ijtimoiy muammolarni ko‘tarishi va ularni qanday yechimlarga yo‘naltirishi tahlil qilinadi; o‘gay ona obrazining psixologik xususiyatlari, uning ichki dunyosi, shaxsiy dramasi va ruhiy kechinmalari ko‘rib chiqiladi. Ingliz va o‘zbek nasrida o‘gay ona obrazining badiiy tasviri orqali har ikki millatning oilaviy qadriyatlari, ijtimoiy munosabatlari va tarbiyaviy yondashuvlari o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari adabiyotshunoslikka yangi qirralarni kiritib, o‘quvchilarning ushbu mavzuga nisbatan tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар