PRUNELLA L. O’SIMLIGINI KIMYOVIY TARKIBINI O‘RGANISHGA DOIR
Аннотация
Insoniyat qadimdan o‘simliklardan oziq-ovqat va dori vositalari olish uchun manba sifatida foydalanib kelgan. Bugungi kunda dorivor o‘simliklar turli kasalliklarni davolashda, oldini olishda, dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar hamda kosmetik vositalarni ishlab chiqarishda asosiy manba bo‘lib qo‘llanilmoqda. Dorivor o‘simlik maxsulotini tibbiyot amaliyotiga joriy etish uchun uning kimyoviy tarkibi va farmakologik faolligi o‘rganilsh zarur. Ushbu maqolada Prunella L. o‘simligi tarkibidagi kimyoviy birikmalar va ularning guruhlari yuzasidan adabiyotlardan to‘plangan ma’lumotlar aks ettirilgan. Dunyoda Prunella L. ni 15 ta turi ma’lum bo’lib, hamma turi farmakologik ahamiyatga ega hisoblanadi. Keltirilgan ma’lumotlar Prunella vulgaris L. turiga taalluqlidir.