Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

QAXXOR BAXSHI RAHIMOV IJODINING О‘RGANILISHI

ABI

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston xalq baxshisi Qahhor Rahimov ijodining oʻrganilishi va holati, uning qisqacha tarjimai holi hamda badiiy repertuarining tarkibi va tasnifi atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Qahhor baxshining repertuari 30 dan ortiq anʼanaviy dostonlardan va 100 dan ziyod turli janrdagi termalardan iborat. Bu repertuar tarkibi va hajmi jihatidan nihoyatda boy va serqirradir. Maqolada uning boy repertuari tarkibi, oʻziga xos ijro uslubi hamda xalq ogʻzaki ijodi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan. Ular orasida “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli” singari mashhur asarlar ham bor. Shuningdek, mustaqillik mavzusidagi yangicha dostonlari, qator qoʻshiqlari va sheʼrlari ham diqqatga sazovor. Ular xalq ogʻzaki ijodining boyishiga xizmat qilmoqda. Qaxxor baxshi anʼanaviy Sherobod maktabining yetuk vorisidir. Uning ijodi xalq ogʻzaki badiiy ijodining rivojlanish istiqbollari haqida hukm chiqarish imkonini beradi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба