RAQAMLI JAMIYATLAR TIZIMIDA INFORMATSION ETIKA KATEGORIYA VA TAMOYILLARINING AHAMIYATI
Аннотация
Jahon mamlakatlarining barcha sohalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'lami shiddat bilan rivojlanmoqda. Natijada, bu jarayonda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy me'yorlarning o'zgarishi, balki axborotlashtirish tufayli insonning tafakkuri, uning ma'naviy-axloqiy talablari ham o'zgarishi kuzatilmoqda. Hozirgi tezkor zamonda ro'y berayotgan har qanday salbiy o'zgarishlarga bardosh bera oladigan ma'naviy-axloqiy imperativlar va qadriyatlar tizimini shakllantirish bilan bog'liq informatsion etika masalasini o'rganish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Informatsion etika tamoyillarini axloqiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlarini o'rganish bo'yicha bir qator tashabbuslarning boshlanishi ham mazkur soha muammolarini o'rganishning dolzarbligini ko'rsatadi.