NOIQTISODIY YO‘NALISH TALABALARI UCHUN IQTISODIY BILIMLARNING AHAMIYATI
Аннотация
Ushbu maqolada noiqtisodiy yo‘nalish talabalari uchun iqtisodiy bilimlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot maqsadi noiqtisodiy yo‘nalish talabalarining iqtisodiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va ularning kelajakdagi kasbiy mahorati uchun iqtisodiy bilimlarning qanchalik muhim ekanligini asoslashdan iborat. Maqolada kuzatish va tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, iqtisodiy bilimlarning noiqtisodiy yo‘nalish talabalari uchun ahamiyati katta ekanligi aniqlandi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kunda har qanday mutaxassis iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, olib borilgan tadqiqotlar noiqtisodiy yo‘nalish talabalari uchun iqtisodiy bilimlarga oid maxsus kurslar joriy etilishi maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Bu kabi kurslar talabalarni real hayotda duch keladigan amaliy iqtisodiy muammolarni yechishga o‘rgatish, ular uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi. Tadqiqot doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalar ayniqsa shaxsiy moliya, biznes boshqaruvi, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy tahlil kabi mavzularga qiziqish bildirdilar. Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida iqtisodiy to‘garak va musobaqalar tashkil etish, aholining barcha qatlamlari orasida iqtisodiy bilimlarni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari oliy ta'lim tizimida iqtisodiy fanlar o‘qitilishini takomillashtirish va jamiyatda iqtisodiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.