TIREOTOKSIKOZ FONIDA KO‘Z OLMASINING KLINIK MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI (ADABIYOTLAR TAHLILI)
Аннотация
Dolzarbligi. Butun jahon so‘g‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) statistik ma’lumotlariga ko‘ra dunyo aholisi orasida endokrin patologiya hisoblangan qalqonsimon bez kasalliklari tarqalishi jihatidan qandli diabetdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Tireotoksikoz butun dunyo bo‘ylab voyaga yetgan aholining 2,5 foizida, shuningdek ayollar o‘rtasida tireotoksikoz kasalligi erkaklarga nisbatan 10 baravar ko‘p kuzatiladi. Tadqiqot maqsadi. Keyingi 10–15 yil mobaynida tireotoksikoz kasalligida ko’rish a’zolarida kuzatiladigan o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ilmiy adabiyotlar tahlilini o’tkazish. Material va usullar. Respublikamizda va chet ellardagi nufuzli nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar hamda ilmiy axborot resurs manbalaridan foydalanilgan holda ularni o’rganish. Natijalar va xulosa. Endokrin oftalmopatiya tashxisli bemorlarda UTT, KT va MRT diagnostik tekshiruvlari ko‘z olmasi va orbita yumshoq to‘qimalarining morfologik xususiyatlarini o‘rgnish va mazkur patologiyani erta bosqichlarda aniqlash imkonini beradi. Tekshiruv turlari ichida UTT inson tanasiga salbiy ta’sirlarining yo‘qligi va informativ metod sifatida klinik amaliyotda keng foydalanishga tavsiya etilishi mumkin.