“CHIG‘ATOY IMLOSI” VA MILLIY ZIYOLILAR
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida (Turkiston Avtonom Sovet Respublikasida) XX asrning 20-yillarida amalda bo‘lgan alifbo va imlo islohotlariga bag`ishlangan. Bu davrda O‘zbekiston hududidagi Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasida arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi muomalada edi. O‘zbek milliy ziyolilari tomonidan arab imlosi islohotiga tayyorgarlik ko‘rildi, bunga oid katta konferensiya tashkil etildi va arab imlosidan vos kechmagan holda islohotlar o‘tkazildi. Maqolada milliy ziyolilarning va o‘sha davrda mavjud bo‘lgan “Chig`atoy gurungi”ning alaifbo va imloga oid qarashlarini qiyosiy tahlil qilib yoritish maqsad qilindi. Maqola natijalari esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1921-yilda bo‘lib o‘tgan til va imlo qurultoyi jarayonlari, qabul qilgan qarorlari va “Chig`atoy imlosi” deb nomlanishi sabablaridan iboratdir.