O‘ZBEKISTON VA AVSTRIYA RESPUBLIKASI O‘RTASIDA INVESTITSIYAVIY, HUQUQIY HAMDA ILM-FAN SOHASIDA HAMKORLIKNING MUSTAHKAMLANISHI
Аннотация
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib bormoqda. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.Mustaqillikni qo‘lga kiritgach mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy dolzarb muommolar faol va oqilona tashqi siyosat, xalqaro hamkorlik, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasiga tayanish orqali o‘zining ijobiy yechimini topib kelmoqda. Maqolada Yevropaning eng taraqqiy etgan mamlakati, dunyoda rivojlanish ko‘rsatkichlarida eng yuqori o‘nlikda turuvchi Avstriya Respublikasi bilan munosabatlarga to‘xtalib o‘tiladi. Avstriya Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi hamda 2017-yildan izchil tarzda davom etayotgani yoritib beriladi. Investitsion hamkorlikning mamlakatimiz iqtisodiy barqarorlashuviga ta’siri, toza ekologik muhitni saqlab qolgan holda iqtisodiy rivojlanishga erishishda Avstriya “yashil texnologiyalari”dan samarali foydalanish, parlamentlararo tajriba almashish natijasida qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgarishlarning jamiyatimizga ta’siri tahlil qilinadi. Ilm-fan, ta’lim sohasida Avstriya ta’lim tizimidagi ijobiy yutuqlar tahlil etilib, mamlakatimiz ta’lim sohasida ularni qo`llashning ahamiyati muhokama qilinadi.