Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

PR KOMMUNIKATSIYANING NAZARIY ASOSLARI VA SHAKLLANISH TENDENSIYALARI

ABI

Аннотация

Maqolada kommunikatsiya va RR tushunchalari hamda ularning mohiyati, PR texnologiyalardan foydalangan holda maqsadli auditoriyaga axborotlarni to‘liq va samarali yetkazish usullari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Pablik rileyshnzning funksiyalari va prinsiplari haqida olimlarning qarashlari tahlil etilgan. Mamlakatimizdagi PR kommunikatsiyaga asoslangan sohalarning huquqiy asoslariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Demak, PR kommunikatsiyalar jamoatchilik fikrini boshqarish, tashkilot ijobiy imijini yaratish va turli manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarni saqlashga qaratilgan keng ko‘lamli strategiya va taktikalarni o‘z ichiga oladi. Maqolada uning elementlariga batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalar faoliyatida jamoatchilik fikridan avval jamoatchilikning o‘zini, yaʼni maqsadli auditoriyani tadqiq etish birlamchi masala ekanligiga to‘xtalib o‘tilgan. Zero, jamoatchilik fikri — turli ijtimoiy birlashmalarning o‘z manfaat va qadriyatlariga aloqador muammo, real hodisa va faktlarga yashirin yoki oshkora munosabatini o‘z ichiga olgan ommaviy ong holati. Bu alohida fikrlarning majmuigina bo‘lib qolmay, balki muhokamalar natijasida yuzaga kelgan ko‘pchilikning ijtimoiy xarakteri, turli qarashlari, pozitsiyalari, baholashlari va fikrlarining sintezi (yunoncha synthesis — birikish, birlashtirish, yig‘indi) hisoblanadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба