RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O'QITUVCHILARNI KASBIY FAOLIYAT UCHUN KO‘P BOSQICHLI TAYYORLASH ASOSLARI
Аннотация
Jamiyatimizda raqamli ta’limni rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli tarkibiy va mazmunli o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab qilmoqda. Xususan, taʼlimdagi innovatsion jarayonlar rivojlanayotgan raqamli taʼlim muhiti sharoitida pedagog kadrlarni kasbiy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash muammosining dolzarblik ahamiyatini oshirdi. Shuni ta'kidlash kerakki, qayd etilgan holatlar nafaqat pedagogik faoliyatning murakkabligini aniqlaydi, balki yangi tashkiliy-pedagogik sharoitlarda, texnik va texnologik yordamga ega bo'lgan yangi faoliyat turining paydo bo'lishi faktini bayon qilishga imkon beradi va ta’lim jarayonida kompyuter va boshqa texnik vositalardan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.