O‘ZBEK XALQINING OILAVIY MAROSIMLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Аннотация
Tadqiqotning maqsadi: Ushbu maqolada o’zbek oilalararida qadimdan mavjud bo’lib kelayotgan farzand tug’ilishi va oilaviy marosimlari bilan bog’liq diniy-tarbiyaviy qarashlar, marosimlar, urf-odat va an’analar etnografik tahlil etilgan. O’zbek xalqlari azaldan o’zining oilaviy an’ana va marosimlarining turli xil ekanligi va rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o’zbek xalqining farzandlar taribiyasi bilan bog’liq oilaviy urf-odat va marosimlari nihoyatda ahamiyatlidir. Xalqimizda “Bola tarbiyasini hali u tug’ilmasdan oldin boshla” degan hikmatli so’z mavjud. Shu sababli ham ota-bobolarimiz farzand tarbiyasini unga ota-ona tanlashdanoq boshlashgan. Bugungi kunda “eskilik” sifatida qaralayotgan aslida esa, xalqimiz madaniyating bir qismi bo’lgan bu urf-odat va marosimlarni va ularning tarbiyaviy ahamiyatini yoritib berish dolzarb masalalardandir. O’zbek xalqining oilaviy marosimlarining tub mohiyati shuki, bu marosimlar oilaviy munosabatlarning mustahkamligiga va farzandlar tarbiyasining kamolotiga xizmat qilib kelgan. Ushbu marosimlar o’zining kelib chiqishiga ko’ra uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Bugungi kunga kelib esa bu urf-odat va marosimlar transformatsion jarayonlar natijasida o’zgarib o’zining ahamiyatini yo’qotib bormoqda va ularning o’rnini zamonaviy udumlar egallamoqda.