BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR TARKIBIDAN KUCHLI TA’SIR QILUVCHI MODDALARNI ANIQLASHNING SIFAT ANALIZI
Аннотация
Sibutramin semizlik va ortiqcha vaznni davolash uchun yuqori samarali vosita hisoblanadi. Sibutramin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ushbu dori vositasini berish qat’iy ravishda shifokor retsepti bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngi yillarlarda anoroksigen xususiyatga ega biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) tarkibida sibutramin moddasining aniqlanish holatlari ko‘p uchramoqda. Shu munosabat bilan BFQ lar sifatini nazorat qilish hamda ular tarkibidagi sibutraminni aniqlashni tezkor va samarali analitik usullarini ishlab chiqish shuningdek BFQ larning noqonuniy aylanishini oldini olish, eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot xromato-mass- -spektometriya Drug_universal_ctl usuli bilan amalga oshirildi. Tadqiqot obyekti sifatida 10 turdagi ko‘p komponentli murakkab o‘simlik tarkibli BFQ lardan foydalanildi. Tadqiqot natijasida 10 turdagi namunalarning barchasida kuchli taʼsir qiluvchi modda- sibutramin borligi aniqlandi.