INNOVATSION TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHDA MUQOBIL MOLIYALASHTIRISH VOSITALARIDAN FOYDALANISH VA UNI TURISTIK XIZMATLAR SOHASIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Аннотация
Maqolada innovatsion loyihalarni muqobil moliyalashtirish vositasi hisoblangan kraud-moliyalashtirish tizimi imkoniyatlari qarab chiqilgan. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish vositasi hisoblangan kraud-moliyalashtirish tizimining yo‘nalishlari bo‘lgan kraudfanding, kraudlending va kraudinvesting-larning o‘ziga xos hususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari tadqiq qilingan. Kraud-moliyalashtirish bozori rivojlanishining jahon miqyosidagi tendensiyalari tahlil qilingan. Turizm sohasidagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda kraud-moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida kraud-moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish muammolari va istiqbollari tavsiflangan.