Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

MURAKKAB TUZILMALI KALIY QATLAMLARINI FIZIK VA MEXANIK XUSUSIYATLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA BUZILISH REJIMLARI

ABI

Аннотация

Tepaqo‘ton tog‘-kon majmuasidan qazib olingan foydali qazilmaning fizik, maxanik, kon-texnik va kon-texnologik xossalari aniqlangan. Shu bilan bir qatorda lahimlarning xizmat muddatini va turg‘unligini oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Kon lahimlarida kuzatilayotgan buzilishlarni kelib chiqish sabablari aniqlangan. Qazib olingan silvinit qatlamlaridagi buzilishlar strukturasi qazilgan qatlamning gipsometriyasiga, asosiy jinslarning qazish oʻlchamiga, qatlam qalinligiga, qatlamning yotish chuqurligiga bogʻliq boʻlib, bu parametrlarni aniqlash natijalari asosida buzilish rejimlarini aniqlash imkonini beradi. Kon lahimlarining chegarasidagi buzilishlarga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iboratdir: tog‘ jinslarining grаvitаtsiоn хususiyatlаri, lahim shifti va ostidagi tog‘ jinslarining gidravlik, fizik, mexanik, kon-texnik, kon-texnologik xossalari va kristall pаnjаrаgа kiruvchi zаrrаchаlаr оrаsidаgi bоg’liqlik kuchi hamda kimyoviy tаrkibi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба