NAJMIDDIN KUBRO TA’LIMOTIDA “KOMIL INSON ” TARBIYASI VA UNING AXLOQIY VA MA’NAVIY YUKSALISHGA OID G‘OYALARNING O‘ZIGA XOC XUSUSIYATLARI
Аннотация
Ushbu maqolada Shayx Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya ta’limoti bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini shakllanishida ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi tahlil etilgan. Kubroviya ta’limotiga ko‘ra, solik Haqqa yaqinlikni mushohada etishi uchun nafsni tarbiyalab, kamolotga yetkazishi lozim bo‘ladi. Bu martaba tasavvuf ta’limotida “Insoni komil” yoki “Komil inson” tushunchasi bilan ataladi. Komil inson – atrofida butun borliq olami aylanayotgan bir qutbdir. Borliq yaratilgandan beri Komil inson bordir va uning o‘ziga xos haqiqati borligi ochib berilgan. Najmiddin Kubro murid tarbiyalashning o‘ziga xos ilmiy-falsafiy, axloqiy-ma’naviy usullarini ishlab chiqdi. Ushbu uslublar bugungi kunimizda ham barkamol avlodni tarbiyalashda hamda yoshlarni ommaviy madaniyat xurujidan himoyalashda muhim o‘rinni egallaydi.