Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

KASALLIK NOMLARI VA BELGILARI KELTIRILGAN INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

ABI

Аннотация

Ushbu ilmiy maqola ingliz va o‘zbek xalq maqollarida kasallik nomlari va belgilari orqali ifodalangan lingvomadaniy xususiyatlarni chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqollarda kasallik va uning alomatlari faqat tibbiy tushunchalar sifatida emas, balki chuqur ramziy va madaniy ma’noga ega bo‘lgan tushunchalar sifatida talqin qilinadi. Ushbu ishda tanlangan maqollardagi kasallik nomlari va belgilari orqali xalqning sog‘liq, shifo, qiyinchilik va insoniy qadriyatlar haqida qanday tasavvurlarga ega ekanligi o‘rganiladi. Maqolada til va madaniyatning uzviy bog‘liqligi yoritilib, har ikki xalqning sog‘liq va kasallikka bo‘lgan munosabati ularning madaniy qadriyatlari orqali tahlil qilinadi. Kasallik nomlari va belgilari orqali xalq madaniyati va hayot falsafasining namoyon bo‘lishi tadqiqotning asosiy obyekti sifatida qaraladi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollar orqali sog‘liq va kasallik tushunchalarining qanchalik o‘xshash va ayni vaqtda farqli ekanligini ko‘rsatib beradi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба