Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

GOSSYPIUM HIRSUTUM TURICHI DURAGAYLARIDA AYRIM MORFOBIOLOGIK BELGILARNING IRSIYLANISHI

ABI

Аннотация

Ushbu maqola Gossypium hirsutum turining turichi duragaylari morfobiologik belgilarining (tola va chigitdagi tuk rangi, chigit tuklanishi) irsiylanish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Gossypium hirsutum turichi duragaylar ushbu belgilar bo'yicha keng o‘zgaruvchanlikni namoyon etadi. Tolaning rangi paxta sanoati uchun muhim sifat ko'rsatkichi bo‘lib, tabiiy holatda oqdan kulranggacha bo‘lgan ranglarda uchraydi. Chigit usti ham xira oq rangdan toʼq yashil ranggacha bo’lgan kalta tuklar bilan qoplangan. Asosiy e'tibor - duragaylardagi sifat ko‘rsatkichlarining nasldan naslga o‘tish mexanizmlari, ularning genetik asoslari va bu belgilarni aniqlashdagi qiyosiy usullarga qaratilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба