OILADA XOTIN-QIZLAR VA BOLALARGA QARSHI ZO‘RAVONLIKNI OLDINI OLISHDA ISLOM TA’LIMOTINING AHAMIYATI
Аннотация
Mazkur maqolada jahonda, xususan mamlakatimizda bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan oila va jamiyatdagi xotin-qizlar va bolalarga qarshi qaratilgan turli shakldagi zo‘ravonliklar va tazyiqlarning milliy ma’naviyatimizga salbiy ta’siri, bu boradagi davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalingan. Xususan, islom dinida oilada xotin-qizlarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan e’tibor, farzand tarbiyasida nimalarga ahamiyat berish zarurligi mazmunidagi oyati karima va hadisi shariflarning mohiyati to‘g‘risida atroflicha tahlillar berilgan. Tadqiqot ishida mavzuga bog‘liq bir necha adabiyotlardan keng foydalanilgan. Maqolaning asosiy maqsadi bu – oilada xotin-qizlar va bolalarga qarshi zo‘ravonliklarni oldini olishda islom dinining ahamiyati va undagi nasihat va hikmatlarning o‘rniga keng e’tibor qaratishdir. Shunday ekan, xotin-qizlar va bolalarga qarshi qaratilgan zo‘ravonliklarni oldini olishda diniy qadriyatlarimizdagi o‘ziga xosliklarni tushuntirish eng maqbul yechimlardan biridir. Ayniqsa, uni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etish yana ham chuqur mazmunini anglashga yordam beradi, tadqiqot ishida ham aynan shularga e’tibor qaratilgan. Xususan, Qur’oni karim va hadislarda kelgan nasihat mazmunidagi oyat va hikmatlar orqali islomda ayolga berilgan e’tiborning yuksakligi va farzand tarbiyasida mehr-shafqatli bo‘lish insoniy fazilatlar sirasiga kiritilganligi e’tiborlidir. Bundan tashqari, mavzuga doir ilmiy tushunchalarni qisqacha tahliliga ham e’tibor berilgan