MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARNI BOSHQARISH (CRM) TIZIMLARINING TURIZMDA MUVAFFAQIYATLI QO‘LLANILISHI
Xamidjon RasulovQo‘qon universiteti Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri
ABI
Аннотация
Ushbu maqola CRM tizimlarining turizm sohasida muvaffaqiyatli qo'llanilishiga bag'ishlangan. Tadqiqotda, CRM tizimlarining mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash, sotuvlarni oshirish va mijozlar sodiqligini mustahkamlashdagi rolini tahlil qilinadi. Maqola, CRM tizimlarining joriy etilishi turizm kompaniyalarining iqtisodiy samaradorligini 20-30% ga oshirishiga yordam berganini ko'rsatadi. Shuningdek, tizimlar kompaniyalar uchun raqobatbardoshlikni oshirish va bozor ulushini kengaytirish imkoniyatini yaratgan. Biroq, tizimlarning samarali ishlashi uchun kompaniya strategiyasi, xodim malakasi va texnologiyalarga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega.
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба