XALQARO DARAJALARDA MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI HISOBLASH USLUBIYATI
Аннотация
Maqolada xalqaro darajalarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyatining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Asosiy e’tibor yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy daromad (YMD), inflyatsiya darajasi, ishsizlik darajasi, tashqi savdo balansi, to‘lov balansi, davlat qarzi, investitsiyalar va xarid qobiliyati pariteti kabi ko‘rsatkichlarga qaratilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblashda Milliy hisoblar tizimi (SNA), Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) va Jahon banki tomonidan tavsiya etilgan standartlar va uslubiyatlar qo‘llaniladi. Shuningdek, maqolada valyuta kurslarini moslashtirish va global iqtisodiy tahlillar uchun ushbu ko‘rsatkichlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Xalqaro metodologiyalardan foydalanish iqtisodiy ma’lumotlarni solishtirish imkonini yaratib, barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim omil hisoblanadi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda xalqaro metodologiyalarning muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.